MUSAYEV DONIYOR XABIBULLAYEVICH

1981 yil 18 sentabrda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati — o’zbek, ma`lumotli — oliy, Toshkent avtomobil va yo’llar institutinining muhandis-mexanik ixtisosligini tamomlagan.

Musayev Doniyor Xabibullayevich rahbarlik qilib kelayotgan Toshkent avtomobil va yo’llari texnikumi tomonidan avtomobil transporti sohasiga tegishli bir nechta vasiy tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Toshkent shahridagi avtomobillarda yo’lovchi va yuk tashish avtokorxonalari bilan ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tkazish shartnoma asosida olib borilmoqda. Shuningdek kasbiy ma’lakaviy bitiruv imtixonlari ham ayrim korxonalarda hamkorlik asosida ajratilgan o’quv xonalarida o’tkaziladi.

Texnikumda pedogogik kadrlar salohiyati va sifat tarkibini oshirishga qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirildi, ya’ni kollej ilmiy pedogogik jamoasi tomonidan bir nechta o’quv adabiyotlar yaratildi, ilmiy uslubiy maqolalar chop etilgan, texnikumda faoliyat ko’rsatayotgan fan nomzodlari 30 dan ziyodni tashkil etadi.

D.X.Musayev rahbarlik qilib kelayotgan davr mobaynida texnikumning rejasi doimiy ravishda bajarilib kelinmoqda. Qabul jarayonini tashkillashtirish (konsultativ markazining) nizomi va boshqa belgilangan tartib va qoidalar asosida olib borilgan. Shuningdek, qabul ishlari nafaqat qabul vaqtida, balki yil davomida olib boriladi, xususan ochiq eshiklar kuni va kasb festivallari tashkil qilingan.

O’quvchilardan ijtimoiy-himoyaga muxtoj oila farzandlari o’qiyotgan chin yetim o’quvchilarga texnikum ma’muriyati tomonidan moddiy yordamlar berilmoqda. Oilaviy sharoiti og’ir va sog’lig’ini tiklash maqsadida murojat qilgan pedagog o’qituvchilarga moddiy yordamlar beriladi.

 
 

Jasur Rafikovich Kulmuxamedov 1997-2023

Texnika fanlari doktori, professor. «Fahriy avtotransportchisi» va «O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi a`lochisi» nishondori.

Jasur Rafikovich Kulmuxamedov 1997 yildan 2023 yil iyun oyigacha ushbu Ta’lim muassasasida direktor lavozimida ishlagan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi, texnika fanlari nomzodi, professor, 2010 yildan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati bo`lganlar.

Kollej o’quvchilari 2009-2010 yillar davomida shahar va respublika miqyosida o’tkazilgan “Kasb-mahorati” ko’rik tanlovida 1-fahrli o’rinlarni egallab kelgan. Kollej bitiruvchilarini bandligi to’liq ta’minlanishiga erishil kelgan. Bitiruvchilarni «Usta-shogird» tizimi bo’ycha avtokorxonalarga, avtoyo’l tashkilotlariga, avtoservis korxonalariga, firmalarga, qo’shma korxonalarga joylashtirish yo’lga qo’yilgan. Ayrim bitiruvchilar Oliy o’quv yurtlariga kirganlar, bazilari tayyorlov kurslarida o'qimoqdalar. Jasur RafikoviJasur Rafikovich Kulmuxamedovch Kulmuxamedov Xalq depututlari Toshkent shahar Kengashining “Yoshlar siyosati va sog'lom avlod masalalari bo'yicha” doimiy komissiya raisi o'rinbosari bo`lganlar.

J.R.Kulmuxamedov Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan “O’zbekiston Respublikasida avtotransport vositalari haydovchilarni tayyorlash, va qayta tayyorlash, shahar elektr transportlari haydovchilarini tayyorlash” ishchi guruhi a’zosi hisoblangan.

J.R.Kulmuxamedovning 7 nafar shogirdi texnika fanlar nomzodi ilmiy unvonini himoya qilgan. U O’zbekiston va chet el matbuotlarida (Germaniya, Italiya, Shvetsiya, Rossiya, Yaponiya. Xitoy Xalq Respublikasi, Chexiya), 250 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan, 6 ta ihtirolari bo’yicha guvohnomalarga ega, 10 ta o’quv darslik va o’quv qo’llanmalari muallifidir. 2010 yil “Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi” nominatsiyasi Respublika tanlovining “Yo’l harakati qoidalari va xavfsizligi” o’quv qo’llanmasi muallifi sifatida 1-o’rin bilan taqdirlangan.

Kadrlar qo’nimliligi bo’yicha ishlovchilarga zarur sharoitlar yaratilgan, ularga haydovchilikka o’qish bilan bog’liq xarajatlarni to’lashda turli imtiyozlar yo’lga qo’yilgan. Kollejda o’quvchilar davomati 92-95% ni tashkil etadi.

Uning mehnati hukumat va vazirliklar tomonidan munosib taqdirlangan: “O’zbekiston faxriy avtotransportchisi” (1992 y), O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi fidoyisi (1999 y), “Oliy va o’rta maxsus ta’limi a’lochisi” (2002 y), “O’zbkistonda hizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi” (2006 y.)

Oilali, uch nafar farzandning otasi.