Odilov Sherzod Raxmonovich

Sobit Obidovich Mirshaxojayev – 1965 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati — o’zbek, ma`lumotli — oliy, Toshkent avtomobil va yo`llar kasb-hunar kollejining o’quv ishlari bo’yicha direktoriing birinchi o’rinbosari.

Kollejda 1990 yildan beri ishlab kelmoqda. Shu yillar davomida u o’qituvchi, kafedra mudiri, fakultet dekani, amaliyot bo’yicha direktor o’rinbosari, 2004 yilning may oyidan boshlab kollej direktorining o’quv ishlari bo’yicha birinchi o’rinbosari lavozimga ishlab kelmoqda.

2002-2003 yillarda «InWent» jamg’armasi asosida Germaniyaning Mannxeym shahridagi Xalqaro malaka oshirish institutida avtomobil yo’nalishi bo’yicha malakasini oshirgan. 10 dan ziyod uslubiy qo’llanma, o’quv rejalar muallifi, shuningdek, yangi tarmoq standartini yaratishda ishtirok etgan.

Barkamol avlodni tarbiyalashda va Vatan oldida qilgan fidoyi xizmatlari uchun Sobit Obidovich Mirshaxo’jayev 2004 yilda Davlat mukofoti «Shuxrat» medali bilan taqdirlangan.

Kollejda o’quv jarayonini amaldagi qonun va dasturlar talablari asosida tashkil qilish, davomat va o’zlashtirish ko’rsatgichlarini yaxshilanishda lozim bo’lgan barcha chora-tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirishda Mirshaxo’jayev Sobit Obidovichning xizmatlari katta.