YO`LDOSHEV  HUSNIDDIN  ZUXRIDDINOVICH

Yo’ldoshev Husniddin Zuxriddinovich – 1979 yil 8 fevralda Toshkent viloyati, Parkent tumanida tug`ilgan, millati — o’zbek, ma`lumotli — oliy.

1996 yilda o’rta maktabni tamomlab, Toshkent avtomobil va yo’llari texnikumiga o’qishga kirgan. O’zining bilimi va jamoat ishlarida faolligi bilan kursdoshlaridan ajralib turgani bois, 1999 yil ta’lim muassasasini tamomlagach, laborant lavozimiga taklif qilindi. 1999-2011 yillar davomida u laborant, mexanik, birinchi toifali ishlab chiqarish ta’lim ustasi lavozimlarida ishlab keldi.

2011 yildan xo’jalik ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

2006-2009 yillarda Namangan muhandislik institutining «Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish» mutaxassisligi bo’yicha o`qib, 2009-2011 yillar mobaynida ushbu institutning magistratura bo’limini tamomlagan.

H.Z.Yo’ldoshev o’quv va laboratoriya xonalarini mashg’ulotlarga tayyorlash va yil davomida o’quv jarayonining uzluksizligini ta’minlashga munosib hissasini qo’shib kelmoqda.