A X B O R O T    R E S U R S    M A R K A Z I
Toshkent Avtomobil va yo’llar kasb-hunar kolleji Toshkentning go’zal maskanlaridan birida joylashgan. Kollej 3 ta binoda joylashgan bo’lib, Axborot resurs markazi “B” binoning birinchi qavatini egallagan. ARM o’quv zali, ma’naviyat xonasi, kompyuter xonasi, badiiy adabiyotlar saqlanadigan xona va o’quv adabiyotlari saqlanadigan xonalardan iborat. Undan tashqari kundalik nashrlarni o’qish uchun joylar ajratilgan.

Axborot resurs markazida 14 kishi faoliyat ko’rsatadi. Shulardan 8 nafari oliy ma’lumotli va 6 ta xodim o’rta maxsus ma’lumotlidir.

ARMning umumiy fondi 42932 nusxadan iborat bo’lib, shulardan 26512 darslik va 16420 badiiy adabiyotlar.

Axborot ryesurs Markazlariga tegishli  Prezident farmonlari va hukumat qarorlariga javoban  ARM qoshida ma’naviyat xonasi tashkil qilindi, Korporativ Axborot ryesurs Markazlarining Avtomatlashtirilgan Tizimini (KARMAT) ARMga tadbiq qilish ishlari amalga oshirilyapti. Bu tizim barcha ARMlarni birlashtirib o’zaro ma’lumotlar bilan almashish imkonini beradi.

Elektron darsliklar uchun yacheykalar mavjud bo’lib, har bir yo’nalish uchun yacheyka ajratilgan. Kollej  o’qituvchilarining uslubiy qo’llanmalari va ularning elektron nusxalari ARMda saqlanadi. ARMda INTERNET muntazam ishchi holatda bo’lib undan o’qituvchilar va o’quvchilar foydalanib keladilar. Axborot resurs markazda 6 ta kompyuter to’la hajmda ishlamoqda.

 

 

 

 

 

 

Kollej oqituvchilari tomonidan yaratilgan oquv qollanma va darsliklar

  1. «Yo’l-transport hodisalari sodir etilganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish». J.R.Kulmuxamedov, K.M.Nazarov. 2010.
  2. «Xususiy avtotransport vositalarida yo’lovchilar tashishni tashkil etish». J.R.Kulmuxamedov, S.Z.Asomiddinov, K.M.Nazarov. 2011.
  3. «Avtotransport vositalarida yo’lovchilar tashishni tashkil etish». J.R.Kulmuxamedov, F.R.Mirzayev, M.SH.Shukurova, K.M.Nazarov, N.Z.Arifjanova, X.A.Mirgiyazov. 2011.
  4. «Yo’l harakati qoidalari va xavfsizligi». Q.X.Azimov, J.R.Kulmuxamedov, K.M.Nazarov, T.SH.Umrzoqov, S.O.Mirshaxo’jayev. 2011.
  5. «Организация перевозок пассажиров автотранспортными средствами». Ж.Р.Кульмухамедов, К.М.Назаров, Д.Р.Хамраев, Ш.Р.Одилов. 2012.
  6. «Avtomobillarni sinash». J.Kulmuxamedov, M.Qodirjonov. 2012.
  7. «Организация Перевозок Пассажиров Автотранспортными Средствами».1-я часть. Ж.Р.Кульмухамедов, К.М.Назаров, Ш.Р.Одилов, Ш.И.Холмухамедов. 2013.
  8. «Xususiy avtotransport vositalarida yo’lovchilar tashishni tashkil etish». J.R.Kulmuxamedov, S.Z.Asomiddinov, K.M.Nazarov. 2013.
  9. «Avtomobillarda yo’lovchilar tashishni tashkil etish». A.A.Nazarov, F.R.Mirzayev, X.A.Mirgiyazov, M.SH.Shukurova, N.Z.Arifjanova, K.M.Nazarov. 2013.
  10. «Avtomobillarda yo’lovchilarni va yuklarni tashishni tashkil qilish va normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish» (metodik qo’llanma). A.A.Abduvaliyev, L.Isayev, K.B.Nasretdinov, Y.M.Mixaylov, M.YA.Begmatov, X.F.Xaniyev, M.B.Kalonov, K.T.Hudoyberganov, SH.A.Butayev, J.R.Kulmuxamedov. 2013.
  11. «Neft mahsulotlarining fizik va kimyoviy tahlili». Z.X.Alimova, J.R.Kulmuxamedov. 2013.
  12. «Xususiy avtotransport vositalarida yo’lovchilar tashishni tashkil etish». J.R.Kulmuxamedov, S.Z.Asomiddinov, K.M.Nazarov. 2013.
  13. «Yo’l harakati qoidalari mavzulari bo’yicha imtihon savollari to’plami». N.F.Muhitdinov, A.S.Sadikov, K.YU.Gafurov. 2013.
  14. «Yonilg`i quyish shoxobchasida texnik servis ko’rsatish». K.I.Ibraximov, T.Q.Kadirshayev, A.Sobirjonov, N.M.Mo’minjonov, S.S.Raximberdiyev. 2013.

Kollej oqituvchilari tomonidan yaratilgan oquv qollanma va darsliklar.

 

Kollej o’qituvchilari tomonidan har bir fan bo’yicha uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni xamda ularning elektron shakllari tayyorlangan bo’lib, ularning nusxalari kollejinng Axborot resurs markazda saqlanadi.